Xelsinki aeroporti dronlar sababli faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

eʼlon qilindi
Dron xavfi sababli parvozlar 3 soatga to‘xtatildi va xavfsizlik choralari kuchaytirildi
Foto: futurice.com

Finlyandiya poytaxti Xelsinki aeroporti Uusimaa mintaqasida dron uchirilishi haqidagi ogohlantirish ortidan juma kuni erta tongda parvozlarni uch soatga to‘xtatdi.

Parvozlar ertalabki soat 4:00 dan 7:00 gacha to‘xtatilgan va bu vaqt oralig‘ida aeroport samolyotlarni qabul qilib, jo‘natmagan. Vaziyat munosabati bilan Finlyandiya qurolli kuchlari qiruvchi samolyotlarni havoga ko‘tardi va favqulodda xizmatlarni jalb qildi.

Ekran tasviri

Ichki ishlar vaziri Mari Rantanen X ijtimoiy tarmog‘ida xavf ortda qolganini e’lon qildi. Shunga qaramay, Xelsinki aeroporti ma’muriyati kun davomida reyslarda ehtimoliy kechikishlar va bekor qilinishlar kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Hodisa bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nyu-York aeroportida samolyot va transport vositasi to‘qnashgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek