
Angliya kubogi finalida «Manchester Siti» Londonning «Chelsi» klubini qabul qilib, minimal hisobda g‘alaba qozondi. Abduqodir Husanov «shaharliklar» tarkibida ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi.

Uchrashuv asosan teng kurashlarga boy kechdi. Pep Gvardiola birinchi taymda noodatiy tarzda ikkita hujumchi bilan harakat qildi. Erling Holand va Umar Marmush asosiy tarkibda maydonga tushishdi. Ushbu tajriba ish bermagach, ikkinchi taymda boshida super formada bo‘lib turgan Rayan Sherki o’yinga qo’shildi.


Uchrashuvdagi yagona gol ikkinchi bo‘limning 72-daqiqasida kiritildi. Erling Holandning uzatmasidan so‘ng Antuan Semenyo tovoni bilan «Chelsi» darvozasini ishg‘ol qildi. Abduqodir Husanov bir necha bor jamoasi joniga oro kirdi. Londonliklarning braziliyalik hujumchisi Joau Pedru yakkama-yakka vaziyatlarda o‘zbekistonlik himoyachiga imkoniyatni boy berdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Chelsi» klubi Abduqodir Husanov vakillari bilan aloqaga chiqqani haqida xabar bergan edi.