Saida Mirziyoyeva London fond birjasida UzNIF IPOsiga bag‘ishlangan rasmiy marosimda ishtirok etadi

eʼlon qilindi
Bu qadam O‘zbekiston iqtisodiyoti tarixida yangi sahifa ochishi kutilmoqda
Foto: UzA

18-may kuni London fond birjasida O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi aksiyalarining birlamchi ommaviy joylashtirilishi (IPO) bo‘yicha rasmiy marosim bo‘lib o‘tadi. Shu kuni birjada UzNIF GDTlari bilan savdo jarayonlariga start berilishi kutilmoqda. Tadbirda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchi Obid Hakimov ishtirok etishi kutilmoqda, deb xabar berdi UzA. Mazkur marosimni ushbu havola orqali bevosita kuzatib borishingiz mumkin.

Saida Mirziyoyeva
Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

Mazkur voqea mamlakat kapital bozorini xalqaro moliya maydoniga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda. Jamg‘armaning London birjasiga chiqishi O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini kengaytirish hamda investitsiyaviy muhitni yaxshilash borasidagi sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi ekani ta’kidlandi.

Kutilayotgan IPO O‘zbekistonning jahon moliya bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda korporativ boshqaruvning zamonaviy standartlari va shaffof tizimni joriy etishga kuchli turtki berishi kutilmoqda.

Shuningdek, bu jarayon xorijiy hamkorlarning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tarkibiy yangilanishlarga bo‘lgan ishonchini namoyon etadi va xalqaro investorlarga mamlakat iqtisodiyoti salohiyati bilan yaqindan tanishish imkonini yaratadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzNIF IPO yakunlariga ko‘ra, 600 mln dollardan ortiq mablag‘ jalb qilingani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek