Kelajak shahri: AL-BINA Development va UET Construction Yangi Toshkent bo‘ylab ilk Urban turni o‘tkazdi

eʼlon qilindi
Foto: AL-BINA Development

Yangi Toshkent – bu shunchaki poytaxtdagi bir tuman emas, balki shahar ichidagi haqiqiy shahardir. U yashash va ishlash uchun qulay infratuzilmaga ega bo‘lgan zamonaviy va jadal o‘sayotgan hudud. Bir necha yildan so‘ng u aynan shunday qiyofaga kiradi, hozircha esa bu yer 20 ming gektar maydonni egallagan ulkan qurilish maydonchasidir.

Kuni kecha AL-BINA Development va UET Construction kompaniyalari Yangi Toshkent bo‘ylab birinchi Urban turni o‘tkazdilar. Blogerlar, jurnalistlar, hamkorlar va ko‘chmas mulkning bo‘lajak xaridorlari bugunning o‘zidayoq ko‘lami va qurilish sur’atlari bilan hayratga solayotgan mamlakatning bosh shaharsozlik loyihasi bilan tanishdilar.

Urban Tour yoki tashkilotchilarning o‘zlari ta’kidlaganidek, Yangi Toshkent bilan immersiv tanishuvning asosiy maqsadi – O‘zbekistonning yangi tarixidagi eng yirik qurilish loyihasi qanday barpo etilayotganini ko‘rsatishdir. Raqamlarga e’tibor qarating: kelajak shahrining hududi 20 ming gektardan oshadi, loyiha 2,5 milliondan ortiq aholi yashashi uchun mo‘ljallangan. Bugungi kunda 6 gektar maydonda faol qurilish va rivojlantirish ishlari olib borilmoqda.

Foto: AL-BINA Development

«Biz Yangi Toshkentni renderlar va taqdimotlar orqali emas, balki uning bugungi kundagi jonli qiyofasini ko‘rsatish maqsadida hamkorlar, OAV vakillari va blogerlar uchun Urban Tour’ni o‘tkazmoqdamiz. Jamoamiz uchun bu nafaqat qurilish ko‘lamini namoyish etish nuqtayi nazaridan muhim. Birinchi navbatda, biz har bir loyihamizning zamirida yotgan g‘oya va qadriyatlarni yetkazmoqchi edik. Yangi Toshkent — bu yangi o‘sish nuqtasi, yangi hayot maromi va zamonaviy shahar qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi yangicha qarashdir. Bugungi kundayoq ushbu kelajakning bir qismi bo‘lish biz uchun katta mas’uliyat va sharafdir», – deb ta’kidladi AL-BINA Development kompaniyasining tijorat departamenti direktori Madiyar Ibraimxanov.

Urban Tour yo‘nalishining birinchi manzili Yangi Toshkent direksiyasi bo‘ldi. Mehmonlar kelajak shahrining ulkan bosh maketida hozircha qurilish maydonchasi bo‘lib turgan ushbu hududning bir necha yildan keyingi ko‘rinishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar. Arxitektura, transport infratuzilmasi, ekologiya va hayot sifati yagona zamonaviy shahar tizimiga birlashadigan «15 daqiqalik shahar» konsepsiyasiga alohida e’tibor qaratildi.

Shundan so‘ng ishtirokchilar dunyodagi eng yirik favvora majmualaridan birining qurilishi bilan tanishdilar. Kelajakdagi favvoraning balandligi 230 metrdan oshadi, aylanma suv ekranining uzunligi esa 185 metrni tashkil etadi. Majmua 360 darajali proyeksiyaga ega bo‘lib, u yerda yangi avlod lazerli va multimediali art-shoulari namoyish etiladi.

Yangi Toshkentning barcha asosiy diqqatga sazovor joylari, shuningdek, vazirliklar va boshqa muassasalar qurilayotgan shaharni poytaxt bilan bog‘laydigan metro tarmog‘i orqali birlashtiriladi. Yo‘nalishning uzunligi 21 kilometrni tashkil etib, unda 9 ta zamonaviy bekat joylashadi.

Foto: AL-BINA Development

Metro ayni paytda qurilayotgan va 55 ming tomoshabinga mo‘ljallangan  stadionga ham olib boriladi. Arena FIFA’ning barcha standartlariga muvofiq qurilmoqda, Yangi Toshkentda o‘tkaziladigan dastlabki musobaqalardan biri esa U-20 Jahon chempionati bo‘ladi.

Yo‘nalishning yakuniy nuqtasi Yangi Toshkentdagi birinchi va bugungi kunda yagona bo‘lgan, AL-BINA Development va UET Construction hamkorligida amalga oshirilayotgan biznes-klassdagi Crystal Avenue loyihasi bo‘ldi. Majmua barpo etilayotgan shaharning qoq markazida joylashgan. Crystal Avenue qarshisida «Yangi O‘zbekiston» universiteti qurilmoqda, shu yerning o‘zida Milliy kutubxona ochiladi va bularning barchasi mamlakatning eng yirik ta’lim klasteri ichida joylashadi.

«AL-BINA Development — bu shunchaki ko‘chmas mulk qurilishi emas. Biz insonlarning yashashi, rivojlanishi, farzandlarini voyaga yetkazishi va o‘z kelajagini qurishi uchun qulay bo‘lgan zamonaviy shahar muhitini yaratmoqdamiz. Biz uchun development — bu shaharning 10, 20 va 30 yildan keyin qanday ko‘rinishda bo‘lishiga nisbatan mas’uliyatni his etishdir», – deb ta’kidladi Madiyar Ibraimxanov.

Foto: AL-BINA Development

Crystal Avenue — turarjoy va tijorat infratuzilmasini o‘zida birlashtirgan mixed-use formatidagi loyiha bo‘lib, to‘rtta turarjoy binosi, to‘rtta tijorat bloki, sayr xiyobonlari, jamoat joylari va zamonaviy yechimlarini o‘z ichiga oladi. Turarjoy majmuasi derazalaridan tog‘larning ajoyib manzarasi ochiladi.

Hozirda Crystal Avenue loyihasining ikkinchi bosqichi sotuvlari boshlangan. Batafsil ma’lumotni +998 71 205 10 68 raqami hamda loyihaning rasmiy https://crystal-avenue.uz/ sayti orqali olishingiz mumkin.

Telefon: 71 205 10 68

Instagram: @crystal_avenue.uz

Sayt: https://crystal-avenue.uz/

Sotuv ofisi: Yangi Toshkent, 8-LOT

Ish tartibi: har kuni soat 10:00 – 19:00, yakshanba 10:00 – 18:00

Shuningdek