UzNIF aksiyalari ilk savdo kunida 7,5 so‘mdan oshdi

eʼlon qilindi
Dastlabki bir yarim soat ichida savdo hajmi 1 mlrd so‘mdan oshdi
UzNIF aksiyalari ilk savdo kunida 7,5 so‘mdan oshdi

2026-yil 18-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi aksiyalari bo‘yicha ilk savdolar boshlandi. Kap Depo investitsion kompaniyasi ma’lum qilishicha, dastlabki bir yarim soat ichida savdo hajmi 1 mlrd so‘mdan oshdi.

Aksiyalar narxi qisqa vaqt ichida 7,5 so‘mdan yuqoriladi. Bu jismoniy shaxslar uchun belgilangan 4,41 so‘mlik joylashtirish narxiga nisbatan 70 foizdan ortiq o‘sish.

Biroq bozordagi yuqori faollik uzoq davom etmadi. Toshkent vaqti bilan 12:25 holatiga ko‘ra, aksiyalar narxi 6 so‘mgacha pasaydi. Bu joylashtirish narxiga nisbatan 36,1 foizga yuqori ko‘rsatkich.

13:04 holatiga ko‘ra, savdo stakanida xaridorlar ustunligi saqlanib qoldi. Xarid buyurtmalari hajmi 50,8 mln aksiyani tashkil etdi. Bu taxminan 294 mln so‘mga teng. Sotuv tomoni esa 17 mln aksiya yoki qariyb 102 mln so‘m atrofida bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva UzNIF IPO’siga bag‘ishlangan tadbirda nutq so‘zlagandi. Uning aytishicha, mamlakat yopiq tizimdan raqobatbardosh va sarmoyaga ochiq holatga o‘tgan.

Shuningdek