ChatGPT’da bank hisoblarini ulash imkoniyati ishga tushirildi

eʼlon qilindi
Hozircha AQShdagi ChatGPT Pro obunachilari uchun
Endi ChatGPT Free va Go rejalarida reklama chiqishi mumkin
ChatGPT’da bank hisoblarini ulash imkoniyati ishga tushirildi / Foto: ChatGPT

OpenAI kompaniyasi ChatGPT uchun foydalanuvchilarning shaxsiy moliyasini boshqarishga yordam beruvchi yangi funksiyani taqdim etdi. Bu haqda GSM Arena nashri ma’lum qildi.

Yangi imkoniyat AQShdagi ChatGPT Pro obunachilari uchun ishga tushirilgan bo‘lib, u Plaid moliyaviy ulanish xizmati bilan hamkorlik orqali 12 mingdan ortiq moliyaviy institutdagi hisoblarni ChatGPT’ga ulash imkonini beradi.

Foydalanuvchi bank hisoblarini tizimga ulaganidan so‘ng, chatbot xarajatlar, obunalar, yaqinlashayotgan to‘lovlar va investitsiya portfeli holatini aks ettiruvchi maxsus panelni ko‘rsatadi. Shuningdek, ChatGPT foydalanuvchining real moliyaviy ma’lumotlari asosida xarajatlar yoki pul tejash rejalariga oid savollarga javob bera oladi.

Foto: GSM Arena

OpenAI ma’lumotiga ko‘ra, foydalanuvchilar istalgan paytda ulangan hisoblarni boshqarishi yoki o‘chirishi mumkin. Bundan tashqari, chatbot saqlagan moliyaviy xotiralarni ko‘rish va o‘chirish imkoniyati ham mavjud. Yangi funksiya hozircha veb-versiya va iOS ilovasida taqdim etilgan.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, har oy 200 mlndan ortiq foydalanuvchilar ChatGPT’ga moliyaviy mavzularda savollar beradi. Yangi tizim esa chatbotga foydalanuvchining moliyaviy holati haqida qo‘shimcha kontekst taqdim etib, javoblarni yanada aniqroq shakllantirish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OpenAI va Malta hukumati AI for All dasturini ishga tushirgani haqida xabar qilgan edik. Kompaniyaga ko‘ra, loyiha doirasida Malta aholisi ChatGPT Plus obunasidan bir yil davomida bepul foydalanadi.

Shuningdek