
Huawei 2026-yil may oyidagi chegirmalar davrida Xitoy smartfon bozorida yetakchilikni saqlab qoldi. Bu haqda Huaweicentral nashri xabar bermoqda.
Counterpoint Research ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya Apple va boshqa raqobatchilar fonida eng kuchli natijalardan birini ko‘rsatdi. Xitoy smartfon bozori may oyidagi savdolar davrida yillik hisobda 16 foizga qisqardi. Bunga xotira chiplarining qimmatlashgani va taqchilligi sabab bo‘lgan. Shu omillar ko‘plab brendlarni yangi va avvalgi modellar narxini oshirishga majbur qilgan.

Shuningdek, bu yil may chegirmalari avvalgi yillardagidek faol bo‘lmadi. Kompaniyalar savdo hajmidan ko‘ra foydani saqlab qolishga ko‘proq e’tibor qaratdi. Shunday sharoitda Huawei bozordagi pozitsiyasini mustahkamladi. Kompaniya Enjoy 90 Pro Max modeli yuqori savdo ko‘rsatkichlariga erishgani hisobiga yetakchilikni davom ettirdi.
Counterpoint ma’lumotiga ko‘ra, Huawei aprel oyidan beri Xitoy smartfon bozorida haftalik savdo ulushini 25 foizdan yuqori darajada ushlab turibdi. Bu esa kompaniyaning ichki bozorda Apple va boshqa raqobatchilarga nisbatan ustunligini ko‘rsatadi. Pura 90, Pura X Max va Enjoy 90 Pro Max seriyalarining yuqori savdosi ham Huawei yetakchiligini mustahkamladi. May bayramlari davrida aynan shu modellar kompaniya natijalariga katta hissa qo‘shgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Huawei yangi MatePad Pro Max flagman planshetini taqdim etgani haqida yozgan edi.