Uzum YTBdan 70 mln dollar kredit jalb qildi

eʼlon qilindi
Jalb qilingan mablag‘lar O‘zbekistonda raqamli moliyaviy xizmatlarni kengaytirishga yo‘naltiriladi
Uzum
Foto: Uzum

Uzum va Yevroosiyo taraqqiyot banki (YTB) o‘rtasida $70 mlnlik kredit bitimi imzolandi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Bitim Toshkentda YTB vakolatxonasi ochilishi doirasida tuzildi. Bu bankning O‘zbekiston tashkilotga qo‘shilganidan keyingi mamlakatdagi birinchi sarmoyasi hisoblanadi.

Jalb qilingan mablag‘lar O‘zbekistonda raqamli moliyaviy xizmatlarni kengaytirishga yo‘naltiriladi. Xususan, kredit raqamli to‘lovlar, iste’molchilarni moliyalashtirish va tadbirkorlar uchun qulay moliyaviy xizmatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Uzum yozishicha, ushbu hamkorlik mamlakatda raqamli infratuzilmani rivojlantirish va aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishda muhim qadam bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kompaniya Oʻmon fondidan $130 mln investitsiya jalb qilgandi. Kompaniyaning taʼkidlashicha, mablagʻ strategik investitsiya raundi doirasida jalb etilib, yetakchi investor Oʻmon Sultonligi suveren investitsiya fondi boʻldi. 

Shuningdek