2027 Chevrolet Equinox EV Bose audio tizimiga ega bo‘ladi

20-may 2026 17:05 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
2027 Chevrolet Equinox EV Bose audio tizimiga ega bo‘ladi
Foto: GM Authority

2027-yilgi Chevrolet Equinox EV bir qator yangilanishlar bilan chiqadi. Ulardan biri salondagi audio tizimiga tegishli bo‘ladi, deya xabar berdi GM Authority.

Ma’lumotga ko‘ra, yangi modelda Bose audio tizimi taklif etiladi. Bu tizim Active Safety Package 3 opsional paketi tarkibiga kiradi.

Hozirgi Equinox EV modellari olti karnayli oddiy audio tizimi bilan sotiladi. Premium audio tizimi esa taklif qilinmaydi. Shu sababli ayrim egalari tovush sifati bo‘yicha norozilik bildirgan.

Foto: GM Authority

Yangi Bose tizimining aniq texnik xususiyatlari hozircha ochiqlanmagan. U AS3 RPO kodiga ega Active Safety Package 3 tarkibida bo‘ladi.

2026-yilgi Equinox EV LT 2 va RS versiyalarida ushbu paket narxi $3,355 ni tashkil qiladi. U boshlang‘ich LT 1 versiyasida taklif etilmaydi.

Hozir bu paketga Enhanced Automatic Parking Assist, Super Cruise va Driver Attention Assist funksiyalari kiradi. Bose audio tizimi qo‘shilishi bilan 2027-yilda paket narxi yana $600 ga qimmatlashishi kutilmoqda.

Bu yangilik salondagi tovush sifatini yaxshilashi mumkin. Ammo Bose tizimi alohida emas, qimmat xavfsizlik paketi tarkibida taklif qilinishi xaridorlar uchun noqulay bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Tracker 2027 qanday o‘zgarishlar bilan taqdim etilishi haqida ma’lumot berilgandi. Kompaniya yangi Tracker xaridorlar uchun eng muhim yo‘nalishlar, ya’ni xavfsizlik, qulaylik va ulanish imkoniyatlari bo‘yicha takomillashtirilganini ma’lum qildi.

Shuningdek