iQOO Pad6 Pro plansheti taqdim etildi — foto, narx

21-may 2026 08:26 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
iQOO Pad6 Pro plansheti taqdim etildi — foto, narx
Foto: MT Today

iQOO kompaniyasi tomonidan yangi iQOO Pad6 Pro plansheti taqdim etildi. IThome xabariga ko‘ra, qurilma Xitoy bozorida iQOO 15T smartfoni bilan birga namoyish qilingan.

Planshet Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipi asosida ishlaydi. Bu uni iQOO‘ning eng kuchli planshetlaridan biriga aylantiradi. iQOO Pad6 Pro 13,2 dyuymli IPS ekran bilan jihozlangan. Displey 4K aniqlik va 144 Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Qurilma Android 16 asosidagi OriginOS 6 interfeysida ishlaydi. Planshet ofis ishlari, o‘yinlar va multimedia uchun mo‘ljallangan flagman model sifatida taqdim etilgan. iQOO Pad6 Pro 13 000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega. Qurilmada issiqlikni boshqarish uchun sovitish tizimi ham qo‘llangan.

Foto: iQOO

Planshetning old kamerasining aniqligi 8 MPni tashkil etadi. Orqa kamerasi esa 13 MP sensor bilan jihozlangan. Qurilmada sakkizta dinamik mavjud. Shuningdek, Wi-Fi 7 va Bluetooth 5.4 texnologiyalari qo‘llab-quvvatlanadi.

iQOO Pad6 Pro metall korpusga ega. Uning o‘lchamlari 297,03 x 199,82 x 6,18 mmni tashkil qiladi. Og‘irligi esa 663 gramm.

Planshet uch xil konfiguratsiyada taklif etiladi. 8/256 GB versiyasi $630, 12/256 GB talqini $660, 12/512 GB versiyasi esa $735 atrofida baholangan.

Ayrim manbalarda 16/512 GB versiyasi ham ko‘rsatilgan. Uning Xitoydagi narxi 6 699 yuan deb berilgan. iQOO Pad6 Pro Xitoyda allaqachon sotuvga chiqarilgan. Model Gray Crystal, Isle of Man va Silverwing ranglarida taklif etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri iQOO 15T smartfoni qanday texnik xususiyatlar bilan taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek