SpaceX kompaniyasi IPO oldidan qariyb 5 mlrd dollar zarar ko‘rganini ma’lum qildi

SpaceX kompaniyasi IPO oldidan e’lon qilgan hujjatida qariyb $5 mlrd zarar ko‘rganini ma’lum qildi. Bu haqda Oninvest nashri xabar bermoqda.
Kompaniya aksiyalari Nasdaq birjasida SPCX tikeri ostida savdo qilishi kutilmoqda. Savdolar iyun oyida boshlanishi rejalashtirilgan. SpaceX IPO orqali qancha mablag‘ jalb qilmoqchi ekani va kompaniya qanday bahoda joylashtirilishi ko‘rsatilmagan. Financial Times avvalroq manbalarga tayanib, kompaniya taxminan $75 mlrd jalb qilishni muhokama qilayotganini yozgan edi. Bunda SpaceX bahosi $1,75 trln atrofida bo‘lishi mumkin.
Ilon Mask va ayrim yirik investorlar savdolar boshlanganidan keyin 366 kun davomida aksiyalarini sotmaslik majburiyatini olgan. Boshqa aksiyadorlar uchun esa 180 kunlik cheklov belgilangan. Shu bilan birga, ayrim aksiyalar bo‘yicha bu cheklov muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 37 ta aviakompaniya Starlink internetini joriy etayotgani haqida yozgan edi.