SSV yangi «Doktor AI» medialoyihasiga start berdi

eʼlon qilindi
Loyiha zamonaviy kontentlarni yetkazishga qaratilgan
SSV yangi «Doktor AI» medialoyihasiga start berdi / Foto: Depositphotos

Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga tibbiyot sohasiga oid foydali va zamonaviy kontentlarni yetkazishga qaratilgan yangi «Doktor AI» medialoyihasini ishga tushirdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, loyiha doirasida sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan tibbiyotga oid videokontentlar taqdim etib boriladi.

Ta’kidlanishicha, loyiha orqali foydalanuvchilarga turli tibbiy mavzularda tavsiya va maslahatlar ham berib borilishi rejalashtirilgan. Shu tariqa «Doktor AI» aholi uchun tibbiy ma’lumotlar olishda yaqin ko‘makchilardan biriga aylanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fuqarolar uchun diniy mazmundagi materiallar va rasmiy ma’lumotlarni tezkor tekshirish imkonini beruvchi yangi Telegram bot ishga tushirilgan edi.

Shuningdek