O‘qishga va ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
O‘qishga va ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Toshkentdagi universitetlardan biriga o‘qishga kiritishni va’da qilib, evaziga $5,5 ming miqdorida pul undirgan shaxs qo’lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Departamentning Yakkasaroy tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda fuqaro noqonuniy ravishda pul olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, u go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali boshqa fuqaroni Toshkent shahridagi universitetlardan biriga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytgan. Shuningdek, oliygohni tamomlaganidan so‘ng ishga joylashtirib berishni va’da qilib, buning evaziga $5,5 ming olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berish) bilan bog‘liq holatlar asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Taxiatosh tumanida O‘zbektelekom’ga ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olingan edi.

Shuningdek