Ko‘chada chekkanlarni endi qo‘riqlash xizmati jazolaydi

eʼlon qilindi
Quroldan belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish, sovuq qurolni olib yurish hamda voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish kabi holatlar ham ular tomonidan ko‘rib chiqiladi
Qo‘riqlash xizmati ayrim ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqadi
Foto: yandex.uz

O‘zbekistonda ayrim ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni Ichki ishlar vazirligi huzuridagi qo‘riqlash xizmati mansabdor shaxslari ko‘rib chiqadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, ichki ishlar organlari huzuridagi qo‘riqlash xizmatlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlariga ayrim ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish vakolati berildi. Jumladan, ular jamoat joylarida tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqadi. Shuningdek, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash va to‘kish holatlari ham ushbu vakolat doirasiga kiritildi.

Bundan tashqari, voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish kabi holatlar ham qo‘riqlash xizmati rahbarlari tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin. Qonun bilan qo‘riqlash xizmatlari mansabdor shaxslarining vakolatlari ham kengaytirildi. Endi ular oz miqdorda talon-toroj qilish, mayda bezorilik, diniy materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish holatlari bo‘yicha ham ish yuritadi.

Shuningdek, quroldan belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish, sovuq qurolni olib yurish hamda voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish kabi holatlar ham ular tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yo‘l-transport hodisalarining 31 foizi o‘lim bilan yakunlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek