Nasldor qoramol, qo‘y va echkilar importi QQSdan ozod etiladi

eʼlon qilindi
2026-yil 1-iyundan 2029-yil 1-yanvariga qadar
Buxoroning har bir tumanida naslli qoramol fermalari tashkil etiladi
Nasldor qoramol, qo‘y va echkilar importi QQSdan ozod etiladi / Foto: Pexels.com

Chorva naslini yaxshilash va importni rag‘batlantirish maqsadida nasldor qoramol, qo‘y va echkilar importi qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)dan ozod etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

«Chorvachilik tarmog‘i va yaylov xo‘jaligini zamonaviy boshqaruv tizimi va yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qaroriga muvofiq, 2026 – 2028-yillarda chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsadlar belgilandi.

Unga ko‘ra, go‘sht va sut mahsulotlarini sanoat usulida qayta ishlash darajasi 50 foizga yetkaziladi, shuningdek, nasldor qoramollar ulushi 90 foizga oshiriladi.

Shuningdek, 2027-yil hosilidan boshlab paxta va boshoqli don ekinlari joylashtirilgan yer maydonlarining 50 foizida yem-xashak ekinlarini joylashtirishga ruxsat etilishi nazarda tutilgan. Bu esa chorva ozuqa bazasini kengaytirish va mahsuldorlikni oshirishga xizmat qiladi.

2026-yil 1- iyuldan 2030-yil 1-yanvariga qadar aholi xonadonlarida identifikatsiya qilingan sigirlardan olingan har bir nasldor buzoq uchun subsidiyalar ajratiladi. Jumladan, sun’iy urug‘lantirish orqali olingan buzoqlar uchun 500 ming so‘m, embrion ko‘chirib o‘tkazish (transplantatsiya) orqali olingan buzoqlar uchun esa 700 ming so‘m miqdorida to‘lovlar belgilangan.

Bundan tashqari, 2026-yil 1-iyundan 2029-yil 1-yanvariga qadar xorijdan nasldor qoramol, qo‘y va echkilarni olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)dan ozod etiladi. Bu chorva naslini yaxshilash va importni rag‘batlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda naslli qoramol va go‘sht importi uchun yangi subsidiyalar joriy etilgan edi.

Shuningdek