O‘zbekiston Eronga 15 ta yuk mashinasida insonparvarlik yordami yubordi

eʼlon qilindi
Yuk tarkibida dori vositalari va tibbiy buyumlar bor
O‘zbekiston Eronga 15 ta yuk mashinasida insonparvarlik yordami yubordi / Foto: TIV

O‘zbekiston Eron Islom Respublikasiga 15 ta yuk mashinasidan iborat navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

15 ta yuk mashinasiga yuklangan gumanitar yordam tarkibida dori vositalari va tibbiy buyumlar bor. Yordam Turkmaniston — Eron chegarasidagi «Artik – Lyutfobod» nazorat-o‘tkazish punktida Eron tomonga tantanali ravishda topshirildi.

Foto: TIV

Oʻzbekistonning Turkmanistondagi elchisi Ravshan Alimov, Eronning Turkmanistondagi elchisi Ali Moʻjtabo Roʻzbehoniy, Dargaz shahri hokimi Moʻjtabo Bazmara, Eron Tashqi ishlar vazirligining Xurosoni Razaviy viloyatidagi vakili Haydari Fard hamda bojxona, sog‘liqni saqlash va insonparvarlik tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Eron tomoni ushbu sinovli davrda ko‘rsatilgan amaliy ko‘mak uchun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti va xalqiga minnatdorlik bildirdi. Tomonlar bunday insonparvarlik tashabbuslari ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Foto: TIV

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston mart oyida ham Eronga insonparvarlik yordamini jo‘natgan. O‘shanda Eron hukumati O‘zbekistonga taranglik paytidagi yordam uchun minnatdorlik bildirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga muvofiq Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami yuborilgan edi.

Shuningdek