U-17 Jahon chempionatiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston Italiya bilan o‘ynaydi

22-may 2026 10:01 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: O‘FA

21-may kuni Shveysariyaning Syurix shahrida Qatarda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi «E» guruhidan joy oldi.

Foto: O‘FA

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlarning guruhdagi raqiblari Italiya, Yamayka va Kot-d’Ivuar bo‘ladi. Ma’lumot uchun, 2025-yilgi U-17 Jahon chempionatida O‘zbekistonlik futbolchilar nimchorak finalda aynan Italiya termasi bilan to‘qnash kelib, 3:2 hisobida imkoniyatni boy bergan va turnirni tark etgan edi.

Foto: O‘FA

Ushbu nufuzli turnirga Qatar davlati mezbonlik qiladi. Musobaqada jami 48 ta jamoa ishtirok etishi belgilangan.

Foto: O‘FA

Turnirda Markaziy Osiyo vakillaridan Tojikiston terma jamoasi ham qatnashadi. Ular qur’a natijasiga ko‘ra «F» guruhidan joy olishdi va guruh bosqichida Senegal, Xorvatiya hamda Kuba termalariga qarshi bahs olib borishadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan U-17 Osiyo kubogining yarim finalida musobaqaning amaldagi g‘olibi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Yaponiyaga imkoniyatni boy bergani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek