Buxoroda 2–3 balli zilzila sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
Zilzila kuchi Buxoro viloyatining bir nechta hududlarida sezilgan
Foto: vchalup2 / www.depositphotos.com

O‘zbekistonning Buxoro viloyati Jondor tumanida juma kuni soat 10:15 da 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.

Yer silkinishi o‘chog‘i 15 kilometr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, episentri Toshkent shahridan 525 kilometr janubiy-g‘arbda ekani ma’lum qilindi. Zilzila kuchi Buxoro viloyatining Gazli shahrida (episentrdan 30 km uzoqlikda) 2-3 ballni tashkil etgan. Shuningdek, yer qimirlashi Peshku (45 km) va Qorako‘l (51 km) tumanlarida 2 ball kuchi bilan sezilgan.

Eslatib o‘tamiz, 22-may kuni tungi soat 01:32 da ham aynan Jondor tumanida 4 magnitudali zilzila qayd etilgan edi. O‘shanda zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan va Gazli shahrida 3 ball, Peshku tumanida 2-3 ball, Qorako‘l hamda Jondor tumanlarida 2 ballik kuch bilan sezilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda 3,9 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani haaqida xabar bergan edi.

Shuningdek