Jahon chempionati va «Manchester Siti»dan ketishini rasman e’lon qilgan Pep Gvardiola — 22-may kuni e’lon qilingan yangiliklar

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan dayjesti
Футболисты
Foto: Emilio Garcia / Unplash

Jahon chempionati va «Manchester Siti»dan ketishini rasman e’lon qilgan Pep Gvardiola — 22-may kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Senator Qudratilla Rafiqov O‘zbekiston gerbidagi paxta va g‘alla ramzlarini savol ostiga oldi

Senator Qudratilla Rafiqov O‘zbekiston gerbidagi paxta va g‘alla ramzlarini savol ostiga oldi
Foto: Yuz.uz

Senator Qudratilla Rafiqov O‘zbekiston davlat gerbidagi paxta va g‘alla tasvirlari bo‘yicha fikr bildirdi. U maqolasida mustaqillikning dastlabki yillarida qabul qilingan davlat ramzlarida o‘sha davrdagi siyosiy xavotir, qo‘rquv va ikkilanish aks etganini ta’kidladi.

Rafiqov o‘z maqolasida O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin ham gerbda paxta va g‘alla tasvirlari saqlanib qolganiga e’tibor qaratgan. Uning fikricha, bu holat avvalgi tuzum bilan mafkuraviy bog‘liqlik izlari to‘liq uzilmaganini ko‘rsatadi.

Dollar tushdi: 25-may uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

Dollar tushdi: 22-may uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Depositphotos

25-may uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 41,58 so‘mga tushib, 11 979,64 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 77,1 so‘mga tushib, 13 901,17 so‘mni, rubl esa 2,01 so‘mga oshib, 167,52 so‘mni tashkil qildi.

U-17 Jahon chempionatiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston Italiya bilan o‘ynaydi

Foto: O‘FA

21-may kuni Shveysariyaning Syurix shahrida Qatarda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi «E» guruhidan joy oldi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlarning guruhdagi raqiblari Italiya, Yamayka va Kot-d’Ivuar bo‘ladi. Ma’lumot uchun, 2025-yilgi U-17 Jahon chempionatida o‘zbekistonlik futbolchilar nimchorak finalda aynan Italiya termasi bilan to‘qnash kelib, 3:2 hisobida imkoniyatni boy bergan va turnirni tark etgan edi.

Dam olish kunlarida O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi

Foto: Unsplash

O‘zbekiston bo‘ylab dam olish kunlarida beqaror ob-havo saqlanib qoladi va hududlarning katta qismida yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda kuchli jala va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Buxoro va Navoiy viloyatlarining faqat ayrim joylarida qisqa muddatli biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Pep Gvardiola «Manchester Siti»dan ketishini rasman e’lon qildi

Foto: Instagram / mancity

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola joriy yilgi mavsum yakunlangach, jamoani tark etishini ma’lum qildi. 10 yillik faoliyati davomida murabbiy jamoa bilan 20 ta sovrin qo‘lga kiritdi.

Ispaniyalik mutaxassis jamoa boshqaruviga 2016-yilning iyul oyida kelgan edi. O‘tgan 10 yil davomida Gvardiola qo‘l ostida «Manchester Siti» ingliz futboli tarixida ketma-ket to‘rt marta Angliya Premyer-ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan yagona klubga aylandi.

Qayta ishlangan mahsulotlar uchun boj tartibi belgilandi

Tajen — Dovut-ota Chegara punkti
Foto: Bojxona qo’mitasi

Bojxona hududida qayta ishlangan tayyor mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarishda bojxona to‘lovlarini hisoblash tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, import boji tayyor mahsulotdan emas, uni ishlab chiqarish uchun olib kirilgan xomashyo va materiallarning bojxona qiymatidan hisoblanadi.

Toshkentda tutash hududlar uchun ijara shartnomalari berish boshlandi

Buk-kafe ochgan tadbirkorlarga soliq va ijara to‘lovlaridan imtiyoz beriladi
Foto: x.com

Toshkentda tutash hududlardan foydalanish bo‘yicha ijara shartnomalarini rasmiylashtirish boshlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Yangi tizim tadbirkorlarga faoliyatini qonuniy va shaffof tarzda yuritish imkonini bermoqda. Avval ayrim tadbirkorlar hujjatsiz ishlagani sabab doimiy xavotir bilan faoliyat olib borgan.

Bitkoin bosim ostida: investorlar 600 mln dollar zarar ko‘rdi

Bitcoin
Foto: Norman Wozny / Unsplash

Bitkoin narxi mahalliy maksimumdan qariyb 7 foizga tushib, $76 ming atrofida savdolanmoqda. Bu haqda Cointelegraph xabar berdi.

Tahlillarga ko‘ra, yirik investorlar bitkoin jamg‘arishdan sotishga o‘tmoqda. Natijada bozorda bosim kuchaygan. Ma’lumotlarga ko‘ra, yirik hamyon egalari avval yangi chiqarilgan bitkoinlarning 150 foizidan ortig‘ini sotib olayotgan edi. Biroq aprel o‘rtalaridan buyon bu ko‘rsatkich keskin pasaygan.

Hazorasp va Yangibozor tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Hazorasp va Yangibozor tumanlariga yangi hokim tayinlandi
Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Xorazm viloyatining Hazorasp va Yangibozor tumanlariga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Unda Ruslan Rustamovich Jumaniyazov Hazorasp tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Shuningdek, Alisher Sharifbayevich Masharipov Yangibozor tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Polshaning yirik logistika operatori O‘zbekistonda kompaniya ochmoqda

Polshaning yirik logistika operatori O‘zbekistonda kompaniya ochmoqda
Foto: RailFright

Polshaning Rohlig SUUS Logistics logistika operatori O‘zbekistonda o‘z sho‘ba korxonasini ochishni rejalashtirmoqda. Natijada O‘zbekiston kompaniya faoliyat yuritadigan to‘qqizinchi davlatga aylanadi, deya yozmoqda «Dunyo» AA.

Rohlig SUUS Logistics kompaniyasi avvalroq Qozog‘iston bozoriga kirgan bo‘lsa, endilikda faoliyatini O‘zbekistonda ham yo‘lga qo‘ymoqda. Kompaniya prezidenti Pyotr Ivo Xmelevskiyning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyoda kengayish global logistika bozoridagi mavqeni mustahkamlaydi.

Shuningdek