Toshkent va Maskat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

eʼlon qilindi
Reyslar haftaning seshanba, juma va shanba kunlari amalga oshiriladi
Toshkent va Maskat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi / Foto: Oman Air

2026-yil 2-iyundan boshlab Ummon Sultonligining milliy aviatashuvchisi — Oman Air Toshkent va Maskat shaharlari o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni boshlaydi. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Maskat – Toshkent – Maskat yo‘nalishidagi reyslar haftasiga uch marta — seshanba, juma va shanba kunlari amalga oshiriladi. Yo‘lovchilarga Boeing 737 rusumli samolyotlari xizmat qiladi .

Yangi yo‘nalish orqali yo‘lovchilar Maskat xalqaro aeroporti orqali Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika va Yevropaning qator mamlakatlariga qulay tutash reyslardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Oman Air Maskat xalqaro aeroportida joylashgan Ummon Sultonligining milliy aviakompaniyasi hisoblanadi. Aviatashuvchi bugungi kunda keng xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ida faoliyat yuritadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Malayziyaning «MASkargo» yuk aviakompaniyasi Toshkent xalqaro aeroporti orqali muntazam yuk reyslarini yo‘lga qo‘yishi haqida yozgan edik.

Shuningdek