Shavkat Mirziyoyev bitiruvchilarni tabrikladi

eʼlon qilindi
Bu yil 472 ming nafar o‘g‘il-qiz maktab ta’limini tugatib, katta hayotga qadam qo‘ymoqda
Shavkat Mirziyoyev bitiruvchilarni tabrikladi
Foto: prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat maktablarini bitirayotgan o‘quvchilarga tabrik yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mirziyoyev yoshlarni Yangi O‘zbekistonni dunyoga tanitadigan bunyodkor kuch deb atadi. Unga ko‘ra, bu yil ilk bor 11 ming nafardan ziyod bitiruvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomlamoqda. Bu yil 472 ming nafar o‘g‘il-qiz maktab ta’limini tugatib, katta hayotga qadam qo‘ymoqda.

«Bugungi bitiruvchi – ertangi muhandis, shifokor, olim, shoir va adib, tadbirkor degani. Bugungi bitiruvchi – Uchinchi Renessans bunyodkori degani. Sizlar Yangi O‘zbekistonning eng katta ishonchi va tayanchisiz», — deya qayd etgan davlat rahbari.

Prezident tadbirkorlik qilishni istagan yoshlar uchun banklar bu yil 25 trln so‘m arzon kredit taklif etayotganini bildirdi. Startap loyihalarini boshlagan bitiruvchilar uchun esa $100 mln mablag‘ ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Mirziyoyev Xitoyning Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan yirik avariya munosabati bilan XXR raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘llagani haqida yozgan edi.

Shuningdek