Andijonda 680 ming so‘mlik qarzni 34 mln so‘m qilgan elektromontyor ushlandi

eʼlon qilindi
U qarzdorlikni yo‘q qilib berish evaziga 17 mln so‘m so‘ragan
Samarqand va Toshkentda noqonuniy gaz va elektrdan foydalanish holatlari aniqlandi
Foto: Energetika vazirligi

Andijonda elektr energiyasidan 680 ming so‘mlik qarzdorlikni 34 mln so‘m deb ko‘rsatgan elektromontyor ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, elektromontyor fuqaroga 34 mln so‘m qarzdorlikni yo‘q qilib berish evaziga 17 mln so‘m so‘ragan. So‘ngra u 17 mln so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: Prokuratura departamenti

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘rilanganlar aniqlangandi. Bosh prokuratura shtabi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida «K. K.» fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslari elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlangan. Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasiga jami 1 mlrd 679 mln so‘mlik zarar yetkazilgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda.

Shuningdek