Ish haqi 27-maygacha to‘lab berilishi kerak

eʼlon qilindi
Mehnat kodeksiga ko‘ra
Foto: Freepic

Qurbon hayiti munosabati bilan barcha 27-maydan 1-iyunga qadar dam oladi. Shu sababli ish haqi 27-maygacha to‘lab berilishi kerak.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, ish haqi to‘lanadigan sana dam olish yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, pul oldindan berilishi shart.

Kodeksning 253-moddasida ish haqi kamida har yarim oyda bir marta to‘lanishi belgilangan.

Agar ish beruvchi maoshni kechiktirsa, xodimga har bir kechiktirilgan kun uchun kompensatsiya to‘lashi kerak. Bu tartib Mehnat kodeksining 333-moddasida belgilangan.

Bunda kompensatsiya Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan kelib chiqib hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq pensiya tayinlashda hisoblanmagan ish stajini qanday bilish mumkinligi haqida ma’lumot berilgandi. Fuqarolar endilikda my.gov.uz portali orqali pensiya tayinlashda hisobga olinmagan ish stajlari haqida ma’lumotni onlayn olishi mumkin.

U orqali pensiyaning aniq miqdori, umumiy ish staji, o‘rtacha ish haqi, pensiyaning tayanch miqdori hamda ortiqcha ish staji uchun qo‘shimcha to‘lovlar haqida ham ma’lumot olish mumkin.

Shuningdek