
O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov yarim o‘rta vazn toifasida WBA chempionlik unvoniga da’vogar bo‘lish uchun o‘tkazilgan jangda britaniyalik Jek Ketterollga imkoniyatni boy berib, professional ringdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi.
Jang Shahram G‘iyosov uchun kutilmaganda murakkab boshlandi. Birinchi raunddayoq o‘zbekistonlik bokschi Kerrollning aniq zarbasidan so‘ng nokdaun holatiga tushib qoldi. Shundan so‘ng britaniyalik bokschi uchrashuv tempini to‘liq nazoratga oldi. Kerroll ko‘proq birinchi raqam bo‘lib harakat qildi va barqaror ochko to‘plab bordi.

Jang o‘rtalariga kelib raqibning ustunligi yaqqol sezila boshladi. Dastlabki olti raund davomida Kerroll faolroq va aniqroq harakat qildi. G‘iyosov alohida seriyalar bilan javob berishga harakat qilgan bo‘lsa-da, uchrashuv borishini o‘zgartirish qiyin kechdi.
Yakuniy raundlarda G‘iyosov tajovuzkorroq harakat qilishga urindi. Biroq Kerroll masofani to‘g‘ri ushlab turdi va xavfli to‘qnashuvlardan o‘zini olib qochdi. Yakunda hakamlar bir ovozdan Jyek Kerrollning ochkolar bo‘yicha g‘alabasini qayd etishdi.
Avvalroq Kursiv nashri Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi hamda jang sanasi ma’lum bo‘lgani haqida xabar bergan edi.