Dollar oshdi: 26-may uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

26-may uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 18,19 so‘mga oshib, 11 997,83 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

18-may kuni esa 10,94 so‘mga oshib, 11 986,30 so‘mga, 19-may kuni 32,97 so‘mga oshib, 12 019,27 so‘mga, 20-may kuni 36,54 so‘mga oshib, 12 055,81 so‘mga, 21-may kuni esa 20,37 so‘mga oshib, 12 076,18 so‘mga yetdi. 22-may kuni 54,96 so‘mga tushib, 12 021,22 so‘mni tashkil etdi. 25-may kuni dollar kursi 41,58 so‘mga tushib, 11 979,64 so‘m bo‘ldi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 66,7 so‘mga oshib, 13 967,87 so‘mni, rubl esa 0,21 so‘mga tushib, 167,31 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida 162 so‘mga oshgani haqida yozgandi.