Ayollar ta’tilsiz erkaklarga qaraganda ko‘proq hissiy charchaydi — Aviasales.uz

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Aholisining 36 foizi 2025-yilda umuman ta’tilga chiqmagan
Aviasales.uz: ayollar erkaklarga qaraganda ta’tilsiz ko‘proq hissiy charchoqni boshdan kechiradi / Foto: Pixabay

O‘zbekistonda ayollar ta’til yo‘qligi sabab erkaklarga qaraganda ko‘proq hissiy charchoq holatiga tez-tez duch kelishi ma’lum bo‘ldi. Aviasales.uz so‘rov o‘tkazib, o‘zbekistonliklarning dam olishga munosabati va ta’tilni nima sababdan ortga surishini aniqladi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 36 foizi 2025-yilda umuman ta’tilga chiqmagan. Yana 37 foiz respondent esa yil davomida faqat bir marta dam olishga muvaffaq bo‘lgan.

Erkaklar ko‘proq ish sabab ta’tilni kechiktirsa, ayollar bunga oilaviy mas’uliyat, farzandlar va uy hayvonlari sabab bo‘layotganini bildirgan.

Respondentlarning atigi 17 foizi dam olishni oldindan rejalashtiradi. Har oltinchi ishtirokchi esa ta’til haqida faqat hissiy kuyish va apatiya holatini sezganidan keyingina o‘ylashini aytgan.

Ayollar erkaklarga nisbatan charchoq va hissiy holdan toyishni ko‘proq his qilayotganini qayd etgan. Xususan, ayollarning 17 foizi kuchli charchoq va energiya yetishmasligini sezishini bildirgan. Erkaklar orasida esa bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil etgan.

Bundan tashqari, ayollar hissiy tiklanish uchun muhitni o‘zgartirib, yangi joyga borish istagini ko‘proq bildirgan. Erkaklar esa ta’til yo‘qligi ularning holatiga deyarli ta’sir qilmasligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilda 91 foiz kompaniya xodimlar sonini saqlab qolgani yoki oshirgani haqida yozgan edik.

Shuningdek