O‘zbekiston Afg‘onistonga qariyb 200 tonna insonparvarlik yordami yubordi

eʼlon qilindi
Yuklar 25-may kuni Balx viloyatiga yetkazilgan
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Oʻzbekiston Qurbon hayiti arafasida Afgʻonistonga navbatdagi insonparvarlik qariyb 200 tonnalik yordamini jo‘natdi. Yuklar 25-may kuni Balx viloyatiga yetkazilgan, deya xabar berdi Surxondaryo viloyati hokimligi.

Ma’lum qilinishicha, yordam Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i asosida tashkil etilgan bo‘lib, u sel va suv toshqinlaridan zarar ko‘rgan afg‘on aholisini qo‘llab-quvvatlash hamda Qurbon hayiti munosabati bilan ko‘mak ko‘rsatish maqsadini ko‘zlaydi.

Insonparvarlik yuki tarkibiga un, guruch, shakar, makaron mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, no‘xat, qandolat va tez tayyorlanadigan oziq-ovqatlar kiritilgan.

200 tonnaga yaqin yordam yuklari Hayratondagi logistika hududida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida afg‘on tomoniga topshirildi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston Eronga 15 ta yuk mashinasida insonparvarlik yordami yuborgani haqida yozgandi.

Shuningdek