Kontrakt to‘lash muddati 10-iyungacha uzaytirildi

eʼlon qilindi
Qaror abituriyentlar, ota-onalar va oliy ta’lim tashkilotlari murojaatlari asosida qabul qilingan
Super-kontrakt
Foto: Andrey Popov / depositphotos.com

Oliy ta’lim muassasalarida bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddati 2026-yil 10-iyungacha uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, bu qaror abituriyentlar, ota-onalar va oliy ta’lim tashkilotlari murojaatlari asosida qabul qilingan.

Muddat bakalavriat va magistraturada darslarda qatnashib, yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlarga tegishli.

Shuningdek, o‘qishi ko‘chirilgan, qayta tiklangan va ko‘chirib tiklangan talabalar ham ushbu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.

Ular 10-iyungacha kontraktning bir yillik qiymatini to‘liq to‘lab, talabalar safiga qabul qilish jarayonini rasmiylashtirishi kerak.

Amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun kontrakt to‘lovlari muddati oliygoh rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30% chegirma berilishi mumkinligi xabar qilingandi. Yangi tartibga ko‘ra, chegirma barcha pedagog xodimlarning farzandlariga staji va toifasidan qat’i nazar beriladi. Asosiy talab ota-onadan biri ta’lim muassasasida mehnat shartnomasi asosida faoliyat yuritishi kerak.

Shuningdek