27-may kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ishlaydi

eʼlon qilindi
Hayit namoziga borishda jamoat transportidan foydalanish so‘ralmoqda
Jizzaxga o‘nta zamonaviy avtobus olib kelindi
Foto: Transport vazirligi

Qurbon hayiti munosabati bilan 27-may kuni Toshkentda jamoat transporti erta ish boshlaydi. Bu haqda Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, shu kuni avtobuslar va metro soat 04:00 dan harakatlanadi.

Boshqarma fuqarolardan hayit namoziga borishda jamoat transportidan foydalanishni so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qurbon hayiti bayramida yo‘lovchilar oqimini yengillashtirish uchun Toshkentdan Buxoro, Termiz, Urganch va Nukus yo‘nalishlarida qo‘shimcha aviaqatnovlar tashkil etilishi xabar qilingandi.

Ma’lum qilinishicha, qo‘shimcha reyslar 25 – 31-may kunlari amalga oshiriladi. «Uzbekistan Airways», «Silk Avia» hamda «Centrum Air» aviakompaniyalari ushbu davr davomida borish va qaytish yo‘nalishida jami 28 ta qo‘shimcha reysni bajaradi.

Shuningdek