Beshta viloyatda 951 million so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi

eʼlon qilindi
Barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Energetikadagi texnologik buzilishlar 10 kun ichida tekshiruvdan o‘tkaziladi
Beshta viloyatda 951 million so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi / Foto: Depositphotos

Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent hamda Farg‘ona viloyatlarida 951,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT «Andijon» MFYdagi noturar binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 267,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Namangan viloyati Chust tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda fuqaro «Mehnatobod» MFYdagi xonadonida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 188,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan foydalangani ma’lum bo‘ldi.

Samarqand viloyati Samarqand tumani bo‘limi tekshiruvida esa oilaviy korxona rahbari «Sho‘rboicha» MFYdagi noturar binosida 188,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shuningdek, Toshkent viloyati Toshkent tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro«Oqtom» MFYdagi xonadonida 157,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani fosh etildi.

Farg‘ona viloyati Buvayda tumani bo‘limi tekshiruvida esa fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, 148,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) hamda 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz va vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo va Jizzaxda 21 milliard so‘mdan ortiq mineral o‘g‘it talon-toroj qilingani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek