
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun bugun, 26-may tongida Toshkent — Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha AQShga yo‘l oldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Terma jamoa Nyu-Yorkka yo‘l olgan bo‘lsa-da, safarda «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov ishtirok etmayapti. U Manchesterdan AQShga alohida yetib borishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonning ilk uchrashuvi 1-iyun kuni Kanadaning Edmonton shahridagi «Commonwealth Stadium» o‘yingohida mezbon davlat terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Ikkinchi o‘yin esa 8-iyun kuni Nyu-York shahridagi «Icahn Stadium» arenasida Niderlandiya milliy terma jamoasiga qarshi belgilangan.

Avvalroq Kursiv nashri O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati uchun tarkibi e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.