Hayit kunlari shifoxonalar navbatchilik asosida ishlaydi

eʼlon qilindi
27 – 31-may kunlari
2026-yilda «103» xizmatida Online-shifokor konsultatsiyalari yo‘lga qo‘yiladi
Foto: SSV

Qurbon hayiti va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari navbatchilik asosida ishlaydi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 27 – 31-may kunlari shifoxonalar, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va oliy ta’lim klinikalarida xizmat ko‘rsatish davom etadi.

Hududlardagi 39 ta tumanlararo shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazi ham ishlaydi. Shoshilinch tibbiy yordam markazi, uning 13 ta hududiy filiali va 200 ga yaqin shoshilinch yordam bo‘limida shifokorlar 24 soat navbatchilik qiladi.

Tez tibbiy yordam tizimida 2,9 mingdan ortiq brigadalar odatiy tartibda ishlaydi. Barcha tug‘uruq va bolalar davolash muassasalari ham uzluksiz faoliyat yuritadi.

Shuningdek, 27-may kuni hayit namozi o‘qiladigan masjidlarda tez yordam brigadalari navbatchilik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada $300 mlnlik zamonaviy shifoxona qurilishi haqida xabar berilgandi. Mazkur loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi. Loyihaning umumiy qiymati qariyb $300 mlnni tashkil qiladi. Qurilish ishlari 36 oy davom etadi.

Shuningdek