AQSh Erondagi harbiy nishonlarga zarba berdi

AQSh kuchlari Eron janubidagi bir qator nishonlarga, jumladan, mina o‘rnatmoqchi bo‘lgan qayiqlar va raketa uchirish maydonchalariga zarba berdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Zarbalar Eron bosh muzokarachisi va uning tashqi ishlar vaziri Qatarda bo‘lib turgan vaqtda amalga oshirilgan. AQSh markaziy qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu hujumlar Eron kuchlari tomonidan keladigan tahdidlardan qo‘shinlarni himoya qilish maqsadida amalga oshirilgan.

Shu bilan birga, Eron o‘ziga xos havo mudofaa tizimi yordamida «dushman» dronini urib tushirganini e’lon qildi. O‘z navbatida, Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Livandagi Hizbulloh guruhiga qarshi hujumlarni kuchaytirishini ma’lum qildi.
Muzokaralar jarayonida Hormuz bo‘g‘ozi va Eronning uranni boyitish masalalari, shuningdek, muzlatilgan mablag‘larni qaytarish muhokama qilinmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp muzokaralar ijobiy ketayotganini ta’kidlab, kelishuvga erishilmasa, yangi hujumlar bo‘lishidan ogohlantirdi.
Avvalroq Kursiv nashri Yaqin Sharqdagi muzokaralar sabab neft narxi 6 foizga tushib ketgani haqida xabar bergan edi.