Garri Potter kitobining ilk nashri 23 ming dollarga sotildi

eʼlon qilindi
Noyob nusxa 1997-yilda chop etilgan
Foto: The Mirror

Harry Potter and the Philosopher’s Stone kitobining birinchi nashrlaridan biri auksionda $23 mingga sotildi. Bu haqda The Mirror nashri xabar berdi.

Noyob nusxa 1997-yilda chop etilgan bo‘lib, o‘sha paytda uning narxi atigi 4,99 funt sterling bo‘lgan. Kitobni shotlandiyalik kitob sharhlovchisi Katrina MakNikol xarid qilgan, biroq u asarni o‘qishga ulgurmagan va yillar davomida chordoqdagi qutida saqlab kelgan.

Ayol kitobni taxminan 30 yil o‘tib uyini tartibga keltirish vaqtida yana topib qolgan. Nashr deyarli ideal holatda saqlangani sabab auksion mutaxassislari uni juda yuqori baholagan.

Noyob kitob Staffordshirdagi kamyob nashrlar savdosida xususiy kolleksioner tomonidan xarid qilingan. Mutaxassislar bu Garri Potterning yumshoq muqovali ilk nashrlari orasidagi eng qimmat savdolardan biri ekanini ta’kidladi.

J. K. Rowlingning mashhur romani dastlab juda kam tirajda chop etilgan edi. Bloomsbury Publishing o‘sha paytda kitobning atigi 500 dona qattiq muqovali va 5 mingdan biroz ortiq yumshoq muqovali nusxasini chiqargan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Garri Potter seriali bo‘yicha maxsus epizod treyler taqdim etilishi haqida yozgandi.

Shuningdek