Turkiyadan uch nafar voyaga yetmagan bola qaytarildi

eʼlon qilindi
Bolalarga ularning buvisi tomonidan muntazam tazyiq o‘tkazilgan
Turkiyadan uch nafar voyaga yetmagan bola qaytarildi
Foto: Istanbul shahridagi Bosh konsulxona

Turkiyada bo‘lgan uch nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi xabar berdi.

Bosh konsulxonaga kelib tushgan murojaat asosida 12, 10 va 9 yoshli bolalarning holati o‘rganilgan. Aniqlanishicha, bolalarga ularning buvisi tomonidan muntazam tazyiq o‘tkazilgan. Ular O‘zbekistondagi majburiy ta’limdan ajratilib, Turkiyaga olib ketilgan.

Bolalar Turkiyada ham ta’lim muassasasiga joylashtirilmagan. Bosh konsulxonada bolalar bilan psixolog ishtirokida suhbat o‘tkazildi. Shundan so‘ng ularga vaqtincha vasiy tayinlash, vatanga qaytarish va ta’limga qayta jalb qilish choralari ko‘rildi.

25-may kuni bolalar mas’ul xodim kuzatuvida O‘zbekistonga qaytarildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 41 nafar fuqaro Erondan O‘zbekistonga qaytarilgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, Ashxobod va Tehron shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalar Turkmaniston idoralari bilan hamkorlikda barcha tashkiliy masalalarni qisqa muddatda hal qilgan. Natijada 41 nafar fuqaro chegaradagi maxsus punktlarda kutib olinib, ularning xavfsiz ravishda uyiga yetib kelishi ta’minlangan.

Shuningdek