Uch yildan beri qidiruvda bo‘lgan shaxs AQShdan topildi

eʼlon qilindi
Fuqaro 2023-yilda qidiruvga berilgan
Uch yildan beri qidiruvda bo‘lgan shaxs AQShdan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi / Foto: IIV

Uch yildan beri xorijda yashirinib yurgan qidiruvdagi shaxs AQShda qo‘lga olindi va O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Vazirlikning Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan AQSh huquq-tartibot idoralari hamda AQShning Toshkentdagi elchixonasi bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Ma’lum qilinishicha, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan, 1989-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi 2023-yilda qidiruvga berilgan. U Nyu-York shahrida aniqlanib, qo‘lga olingan.

Shundan so‘ng qidiruvdagi shaxs belgilangan tartibda O‘zbekistonga deportatsiya qilingan. Ichki ishlar organlari tergov va suddan yashirinayotgan shaxslarni qayerda bo‘lishidan qat’i nazar javobgarlikka tortish maqsadida xalqaro hamkorlik doirasidagi tezkor-qidiruv tadbirlarini izchil davom ettirayotganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘ta yirik firibgarlikda ayblanayotgan shaxs Perudan O‘zbekistonga olib kelingan edi.

Shuningdek