O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston “Bahri Tojik” suv omboridan foydalanishga kelishib oldi

eʼlon qilindi
Muzokaralar yakunida uch tomonlama protokol imzolandi
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston «Bahri Tojik» suv omboridan foydalanishga kelishib oldi / Foto: Qozog‘iston Suv resurslari va irrigatsiya vazirligi

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston «Bahri Tojik» suv omboridagi suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha hamkorlik kelishuvini imzoladi. Bu haqda Qozog‘iston Suv resurslari va irrigatsiya vazirligi ma’lum qildi.

Qozog‘iston Suv resurslari va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov, Tojikiston Energetika va suv resurslari vaziri Juma Daler hamda O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev 2026-yilning iyun–avgust oylarida «Bahri Tojik» suv omborining ishlash rejimini kelishib oldi.

Muzokaralar yakunida tomonlar uch tomonlama protokolni imzoladi. Tasdiqlangan rejimga muvofiq, yoz mavsumida suv omboridan Turkiston viloyatining Maqtaaral va Jetisay tumanlaridagi fermer xo‘jaliklariga sug‘orish suvi yetkazib beriladi.

Nurjan Nurjigitov janubiy hududlarni sug‘orish suvi bilan ta’minlash masalasi alohida nazoratda ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, erishilgan kelishuv Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi konstruktiv hamkorlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash natijasi hisoblanadi. Qabul qilingan choralar vegetatsiya davrining barqaror o‘tishini ta’minlash hamda mahalliy fermerlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston suv xo‘jaligi idoralari rahbarlari mintaqa suv resurslaridan oqilona va o‘zaro manfaatli foydalanish bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda sel suvlaridan foydalanish orqali 13 ming gektar yer qayta ishlatishga topshirilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek