Besh kunlik dam: qaysi banklar xizmat ko‘rsatishda davom etadi
eʼlon qilindi
Agar navbatda turishni xohlamasangiz, bankka borish shart emas

O‘zbekistonda 27-maydan 31-maygacha dam olish kunlari deb e’lon qilindi. Bayram kunlari valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari zarur bo‘lsa, qaysi banklar ishlaydi?
Markaziy bank xabariga ko‘ra, bayram kunlari ham aholi uchun quyidagi banklarning shoxobchalari ochiq bo‘ladi. Bank nomini bosish orqali sizga eng yaqin filialning manzilini topishingiz mumkin.
Bankka borish shart emas!
Agar navbatda turishni xohlamasangiz, quyidagi qulayliklardan foydalaning:
- Mobil ilovalar: Istalgan vaqtda (24/7) telefon orqali valyuta sotib olish yoki sotish mumkin.
- Bankomatlar: Ko‘chalarda joylashgan maxsus bankomatlar orqali tunu-kun valyuta ayirboshlash imkoniyati bor.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-iyun uchun valyutalar kursi yangilangani, unga ko‘ra dollar kursi 12 001,94 so‘m darajasiga ko‘tarilgani haqida xabar bergan edi.