O‘zbekistonda uch oyda 9,2 trln so‘mlik kiyim-kechak ishlab chiqarildi

eʼlon qilindi
Yanvar – mart oylarida
Foto: stat.uz

2026-yilning yanvar – mart oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan jami 9,2 trillion so‘mlik kiyim-kechak ishlab chiqarildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu borada eng yuqori ko‘rsatkich Andijon viloyatida qayd etilib, hududda 3,9 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Ikkinchi o‘rinda Toshkent viloyati 1 trillion so‘m bilan qayd etilgan bo‘lsa, Namangan viloyatida 797,4 milliard so‘mlik, Farg‘ona viloyatida esa 768,7 milliard so‘mlik kiyim ishlab chiqarilgan. Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich 691,3 milliard so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, Samarqand viloyatida 474,9 milliard so‘mlik, Buxoro viloyatida 320,6 milliard so‘mlik, Qashqadaryo viloyatida 295,8 milliard so‘mlik hamda Xorazm viloyatida 246,9 milliard so‘mlik kiyim-kechak ishlab chiqarilgan.

Navoiy viloyatida ishlab chiqarish hajmi 210,8 milliard so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, Sirdaryo viloyatida 150,7 milliard so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 149,4 milliard so‘m qayd etildi. Eng past ko‘rsatkichlar esa Jizzax viloyati – 96,9 milliard so‘m va Surxondaryo viloyati – 96,7 milliard so‘m hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda oilaviy korxonalar soni 36 mingtadan oshgani haqida yozgandi.

Shuningdek