Qirg‘izistondagi zilzila Andijonda sezildi

eʼlon qilindi
Zilzila episentri Toshkent shahridan 387 km shimoliy-sharqda joylashgan
Foto: pexels.com

29-may kuni soat 13:15:11 da Qirg‘iz Respublikasi hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.

Yer silkinishining magnitudasi 4,8 bo‘lib, chuqurligi 10 km.da qayd etildi. Episentr 41,6° shimoliy kenglik va 73,84° sharqiy uzunlik koordinatalarida joylashgan.

Zilzila episentri Toshkent shahridan 387 km shimoliy-sharqda joylashgan bo‘lib, tebranishlar O‘zbekiston hududida ham sezilgan.

Andijon viloyatining ayrim tumanlarida zilzila 2 ball kuch bilan qayd etildi: Xonobod tumanida 114 km masofada, Qo‘rg‘ontepa tumanida 124 km, Paxtaobod tumanida 137 km va Jalaquduq tumanida 140 km masofada yer silkinishi sezilgan.

Hozircha zarar yoki talafotlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buxoroda 2-3 balli zilzila sodir bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek