Jeff Bezosning Blue Origin raketasi sinovli uchish chog‘ida portladi

eʼlon qilindi
Hodisa raketaning kelasi haftaga rejalashtirilgan uchirishidan oldingi olovli sinov jarayonida yuz bergan
Foto: Alexandra Leistner / AP

AQShning Blue Origin kompaniyasiga tegishli og‘ir toifadagi New Glenn raketasi Florida shtatidagi Cape Canaveral Space Force Station kosmodromida sinov vaqtida portlab ketdi. Bu haqda NASA Admin xabar berdi.

Hodisa raketaning kelasi haftaga rejalashtirilgan uchirishidan oldingi olovli sinov jarayonida yuz bergan.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, biroq start majmuasi jiddiy zarar ko‘rgan. Raketa esa to‘liq yo‘q bo‘lgan.

Jeff Bezos ushbu voqeani og‘ir kun deb atab, kompaniya sinovlarni davom ettirishini va barcha infratuzilma tiklanishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, New Glenn loyihasi Blue Origin uchun strategik ahamiyatga ega.

Blue Origin hozirda SpaceX bilan kosmik bozor va NASA’ning Oy dasturlari uchun raqobat qilmoqda. Ilon Mask ham ijtimoiy tarmoqlarda Bezosga hamdardlik bildirgan.

New Glenn qayta foydalaniladigan birinchi bosqichga ega og‘ir raketa hisoblanadi. Biroq loyiha sinovlarida muammolar davom etmoqda – shu paytgacha amalga oshirilgan uchta sinov uchirishidan faqat bittasi muvaffaqiyatli yakunlangan.

Portlash NASA’ning Artemis dasturi doirasidagi ayrim rejalarga ham ta’sir qilishi mumkinligi aytilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh Erondagi harbiy obyektga yangi zarbalar bergani haqida yozgandi.

Shuningdek