Toshkentdagi to‘rtta avtobus yo‘nalishi vaqtincha qisqartirildi

29-maydan boshlab Toshkent shahridagi Maqsud Shayxzoda ko‘chasida ta’mirlash ishlari boshlangani sababli ayrim avtobus yo‘nalishlari harakatida o‘zgarish joriy etildi. Bu haqda Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 70, 62, 80 va 88-sonli avtobuslar vaqtincha Muhammad Yusuf ko‘chasidagi oxirgi bekatgacha bormaydi. Ushbu yo‘nalishlar qatnovi Parkent ko‘chasidagi Muhammad Yusuf ko‘chasi bekatigacha qisqartirilgan.
Shuningdek, ta’mirlash ishlari davomida hududda transport tirbandligi yuzaga kelishi mumkinligi qayd etildi. Shu sababli avtobuslar harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi ehtimoli ham istisno qilinmagan.
Yo‘lovchilarga qatnovlarni oldindan rejalashtirish tavsiya etildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 27-may kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ishlagani haqida yozgandi.