Ortda qolayotgan haftada nimalar yuz berdi

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan dayjesti

Kursiv Uzbekistan 25-31-may kunlari O‘zbekiston va xorij olamida sodir bo‘lgan yangiliklarni hafta yakunida jamladi.

Yaqin Sharqdagi muzokaralar sabab neft narxi 6 foizga tushib ketdi

Rasm SI yordamida yartilgan

AQSh va Eron tinchlik bitimiga yaqinlashayotgani to‘g‘risidagi xabarlar fonida 25-may kuni neft narxi 6 foizga tushib, ikki haftalik minimumga yetdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Dushanba kungi savdolarda Brent markali neft fyucherslari $5,85 ga (5,7 foiz) arzonlashib, bir barrel uchun $97,69 ni tashkil etdi. AQShning WTI markali nefti ham $5,75 ga (6 foiz) tushib, barreliga $90,85 dan sotildi. Har ikkala shartnoma 7-maydan beri eng past ko‘rsatkichni qayd etdi.

Fond bozori: qaysi aksiyalar narxi tushdi

«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 15-maydan 22-maygacha bo‘lgan davrda salbiy dinamikani ko‘rsatdi. Ammo UCI fond indeksi 1,34 foizga oshdi.

Ushbu davr mobaynida «Garant bank» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 7,69 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «O‘zbektelekom» (+5,69%) va «BRB» aksiyalarida (+5,13%) ham o‘sish qayd etildi.

Yangi Chevrolet Onix Eco avtomobili qachon taqdim etiladi

Yangi Chevrolet Onix Eco avtomobili qachon taqdim etiladi
Foto: Chevrolet

Chevrolet’ning Braziliyadagi bo‘linmasi dilerlarga yangi Onix Eco haqida ma’lumot bergan. Model 2027-yilgi Onix oilasining boshlang‘ich versiyasi sifatida sotuvga chiqariladi. Avvalgi ma’lumotlarda Onix Eco faqat xetchbek bo‘lishi aytilgan edi. Biroq yangi xabarlarga ko‘ra, avtomobil xetchbek va sedan kuzovlarida taklif etiladi.

Toshkentda 43 daraja: O‘zgidromet iyun oyida ob-havo issiq bo‘lishini prognoz qildi

Toshkentda 43 daraja: O‘zgidromet iyun oyida issiq ob-havo bo‘lishini prognoz qildi
Foto: Unsplash

O‘zbekistonda iyun oyida ob-havo harorati odatda may oyiga nisbatan 4–5 darajaga yuqori bo‘ladi. Cho‘l hududlarda esa bu farq 6–7 darajagacha yetishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet «Kursiv» nashriga ma’lum qildi.

So‘nggi 15 yil ichida faqat ayrim yillarda iyun oyi me’yordan biroz salqinroq bo‘lgan. Jumladan, respublikaning katta qismida 2019-yil iyuni, shimol va cho‘l hududlarda esa 2017 hamda 2018-yil iyun oylari nisbatan sovuqroq kechgan. Iyun oyida O‘zbekistonning katta qismida o‘rtacha kunlik harorat 31–36 daraja atrofida bo‘ladi. Janub va cho‘l hududlarida esa havo me’yordan 3–4 darajaga issiqroq bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda UzNEX kriptobirjasi yopildi: mablag‘larni qanday qaytarib olish mumkin

Foto: UzNEX / Kursiv Uzbekistan

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) direktori buyrug‘iga binoan, «KOBEA GROUP» MChJ XK (UzNEX kriptobirjasi)ga berilgan litsenziya 2026-yil 25-may sanasidan bekor qilindi.

Litsenziyani bekor qilish qarori kompaniyaning o‘z murojaatiga asosan qabul qilingan. Endilikda birja faoliyati to‘xtatiladi va mijozlar o‘z aktivlarini qaytarib olishlari lozim.

Aktivlarni qaytarish tartibi

Kompaniya mijozlar oldidagi majburiyatlarini bajarishi va pul mablag‘lari hamda kriptoaktivlarni 3 kundan 10 ish kunigacha bo‘lgan muddatda qaytarishi shart.

Kichik biznes uchun yangi qoidalar: 6 foizlik QQS, 0 foizlik foyda solig‘i va tekshiruvlarga «stop»

Foto: www.depositphotos.com

O‘zbekiston prezidentining yangi PF-100-sonli farmoni e’lon qilindi. Hujjat kichik biznes subyektlari uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish, soliq rejimini soddalashtirish hamda biznesning o‘sishini rag‘batlantirishni maqsad qilgan.

Qirgʻizistonda Oʻzbekiston bilan chegarada yangi post ochildi

Qirgʻizistonning Botken viloyatida Oʻzbekiston bilan chegarada yangi chegara posti ochildi. Bu haqda Qirgʻiziston prezidentining Botken viloyatidagi vakolatli vakili xabar berdi.

Ochilish marosimida Qirgʻiziston Davlat chegara xizmati raisi Abdikarim Alimbayev onlayn ishtirok etdi. Tadbirda prezidentning Botken viloyatidagi vakolatli vakili Mamirjan Rahimov, mahalliy rahbarlar va chegarachilar qatnashdi.

Ushbu hududda chegarachilar qirgʻiz – oʻzbek davlat chegarasining 12 kilometrdan ortiq qismini qoʻriqlaydi. Shu kuni Qirgʻiziston hududida yana bir nechta chegara obyektlari ham ochildi.

Oʻzbekiston JSTga kirish boʻyicha Hindiston bilan muzokaralarni yakunladi

Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo boʻlish boʻyicha Hindiston bilan muzokaralarni yakunladi. Bu haqda prezidentning JST masalalari boʻyicha vakili Azizbek Urunov ma’lum qildi.

Urunovning ta’kidlanishicha, bu boradagi kelishuvlarga 2024-yildayoq erishilgan. Biroq protokol matni va texnik jihatlarni kelishish ma’lum vaqt talab qilgan. Shu bilan birga, Hindiston bozorga kirish masalalarida konstruktiv yondashuv ko‘rsatgan.

Mirziyoyev YOII bilan to‘siqlarsiz raqamli savdo makoni yaratishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston va YOII davlatlari o‘rtasida yagona raqamli savdo makonini shakllantirish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident nutqida bugungi global iqtisodiyotda raqamli texnologiyalar va logistika davlatlar raqobatbardoshligini belgilayotganini ta’kidladi.

1-iyuldan banklar va mobil operatorlar yirik soliq to‘lovchi sifatida tan olinadi

Kichik biznes uchun soliq chegarasi 5 milliard so‘mgacha oshirilishi mumkin
Foto: X

1-iyuldan boshlab ayrim kompaniyalar budjetga qancha soliq to‘laganidan qat’iy nazar, avtomatik tarzda yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritiladi. Bu haqda prezident farmoni e’lon qilindi.

Yangi tartib banklar, sug‘urta kompaniyalari, fond va valyuta birjalari, mobil aloqa operatorlari, tamaki ishlab chiqaruvchilari, yirik sanoat korxonalari, xalqaro aviatsiya kompaniyalari hamda energetika va mineral resurslar sohasidagi korxonalarga tatbiq etiladi.

Shuningdek, oxirgi 12 oyda Davlat budjetiga BHMning 240 ming baravaridan ortiq to‘lov qilgan va kamida 100 nafar xodimga ega yuridik shaxslar ham yirik soliq to‘lovchi maqomini oladi.

«Liverpul» bosh murabbiy Arne Slotni iste’foga chiqardi

Liverpul bosh murabbiy Arne Slotni iste’foga chiqardi
Foto: Getty Images

Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiy Arne Slot bilan xayrlashdi. Niderlandiyalik mutaxassis jamoani ikki mavsum boshqarganidan keyin lavozimini tark etdi.

47 yoshli murabbiy ilk mavsumidayoq «Liverpul»ni mamlakat chempionligiga olib kelgan edi. Bu klub tarixidagi 20-chempionlik bo‘ldi. Biroq uning ikkinchi mavsumi ancha murakkab kechdi. «Liverpul» Premyer-liga mavsumini beshinchi o‘rinda yakunladi. Jamoa keyingi mavsum Chempionlar ligasiga yo‘llanma olgan bo‘lsa-da, klub rahbariyati natijalarni yetarli deb hisoblamadi.

Donald Tramp Eron bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmadi — OAV

Tramp Eron bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmadi OAV
Foto: Oq uy

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan ehtimoliy kelishuv bo‘yicha hali yakuniy qaror qabul qilgani yo‘q. Bu haqda The New York Times AQSh administratsiyasidagi yuqori martabali vakilga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, Oq uyning vaziyatlar markazida Eron masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. U taxminan ikki soat davom etgan. Shundan so‘ng ham yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Sergeli avtomobil bozoridagi 30 ta olib-sotarga qamoq va jarima tayinlandi

Foto: Vladislav Shatilo / RBK

Sergeli avtomobil bozoridagi 30 ta olib-sotarga qamoq va jarima tayinlandi. Poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasiga ko‘ra, ular xaridorlarni chalg‘itib, mahsulotlarni bir necha barobar qimmat sotishga uringan.

Tekshiruvlar davomida bozor hududida noqonuniy vositachilik bilan shug‘ullangan 100 nafar shaxs aniqlandi. Ulardan 50 nafari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi, 30 nafariga esa Sergeli tumani sudi tomonidan ma’muriy qamoq va jarima jazosi tayinlandi.

«PSJ» g‘alabasidan so‘ng Fransiyada 400 dan ortiq kishi ushlandi — foto, video

PSJ g‘alabasidan so‘ng Fransiyada 400 dan ortiq kishi ushlandi
Foto: x.com

«PSJ»ning Chempionlar ligasi finalida «Arsenal» ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng Fransiyaning turli shaharlarida tartibsizliklar yuz berdi.

Fransiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 416 kishi qo‘lga olingan. Ularning 283 nafari Parijda ushlangan. Tartibsizliklar oqibatida yetti nafar politsiyachi jarohat oldi. Shuningdek, olti avtomobil va ikki tijorat obyektiga zarar yetkazildi.

«PSJ»ning penaltilar seriyasidagi g‘alabasidan keyin Parijdagi mashhur Yelisey maydoniga 20 mingga yaqin muxlis yig‘ilgan. Ayrim muxlislar Parij halqa yo‘liga chiqib, transport harakatini vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan va pirotexnika vositalaridan foydalangan.

Shuningdek