Tramp Eron bilan kelishuv loyihasiga o‘zgartirish kiritishni so‘radi

eʼlon qilindi
Eron tomoni javob berishi uchun taxminan uch kun kerak bo‘ladi
Tramp Eron bilan kelishuv loyihasiga o‘zgartirish kiritishni so‘radi
Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan kelishuv loyihasiga bir necha o‘zgartirish kiritishni so‘radi. Bu haqda Axios manbalarga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, loyiha AQSh va Eron vakillari o‘rtasidagi muzokaralarda kelishilgan. Tramp esa juma kuni Vaziyatlar xonasida o‘tgan yig‘ilishda ayrim bandlarni kuchaytirishni talab qilgan. Manbalarga ko‘ra, Tramp kelishuvni imzolashni istaydi va uni tez orada yakunlashni kutmoqda. Shu bilan birga, u o‘zi uchun muhim bo‘lgan ayrim masalalarda aniqroq kafolatlar olishni xohlaydi.

Asosiy e’tibor Eronning yadro materiallariga qaratilgan. Amaldagi loyiha Tehron yadro quroliga intilmasligi haqida majburiyatni o‘z ichiga oladi. Biroq unda bundan tashqari aniq cheklovlar ko‘rsatilmagan.

Hujjatda Eronning yadro majburiyatlari va AQSh sanksiyalarini yumshatish bo‘yicha muzokaralar uchun 60 kunlik muddat belgilangan. Dastlab boyitilgan uran zaxirasini yo‘q qilish va keyingi boyitish jarayonini cheklash masalasi ko‘rib chiqilishi kerak. Axios manbasiga ko‘ra, Tramp aynan shu qismni o‘zgartirmoqchi. U AQSh boyitilgan uranni qanday olishi va bu jarayon qachon amalga oshishini aniqroq yozishni so‘ragan.

AQSh rasmiylariga ko‘ra, Eron tomoni javob berishi uchun taxminan uch kun kerak bo‘lishi mumkin. Shu sababli tomonlar o‘rtasida yana bir necha kun davom etadigan muzokara jarayoni boshlanadi.

Avvalroq «Kursiv» Qozog‘iston Eron uran zaxiralarini qabul qilishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek