Bolali ota-onalarga 1-iyun dam olish bo‘lishi mumkin

eʼlon qilindi
Rossiyada
Bolali ota-onalarga 1-iyun dam olish bo‘lishi mumkin
Foto: depositphotos

Rossiya Davlat dumasida 1-iyunni voyaga yetmagan farzandi bor ota-onalar uchun dam olish kuni qilish taklif etildi. «Ria Novosti» yozishicha, tashabbus Liberal-demokratik partiya deputati Kaplan Panesh tomonidan ilgari surildi.

Unga ko‘ra, bolalarni himoya qilish kunida ota-onalar farzandlari bilan birga vaqt o‘tkazishi kerak. Deputat bu kunni doimiy asosda rasmiy dam olish kuni sifatida belgilashni taklif qilmoqda.

Buning uchun Mehnat kodeksiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

Yana bir variant sifatida farzandi 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga 1-iyun kuni qo‘shimcha pulli dam olish kuni berish taklif etilmoqda. Agar ota-ona ajrashgan bo‘lsa, dam olish kunidan bola bilan yashaydigan ota yoki ona foydalanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bolalarni oromgohlarga olib borish uchun mingta avtobus tayyorlangani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, bu yil respublikada 179 ta statsionar oromgoh va 1,2 mingta maktabdagi sog‘lomlashtirish maskanida 314,2 ming nafar bolaning dam olishi rejalashtirilgan.

Shuningdek