1-iyundan metan narxi ayrim «zapravka»larda 5800 so‘mgacha yetdi

eʼlon qilindi
Avvalroq metanning o‘rtacha chakana narxi 5250 so‘m atrofida edi
Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

O‘zbekistonda 1-iyundan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSh) metan narxi oshirildi. Hozirda mamlakatdagi ko‘plab shoxobchalarda siqilgan tabiiy gazning bir kub metri 5700–5800 so‘mdan sotilmoqda.

Avvalroq metanning o‘rtacha chakana narxi 5250 so‘m atrofida edi. Yangi tariflar natijasida narxlar 450–550 so‘mga qimmatlab, 8,5–10 foizlik o‘sish qayd etildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Narxlarning oshishi Vazirlar Mahkamasining 15-may kuni qabul qilgan qarori bilan bog‘liq. Mazkur hujjatga muvofiq, 1-iyundan boshlab AGTKShlar uchun tabiiy gazning ulgurji narxi ham qayta ko‘rib chiqildi. Endilikda metan «zapravka»lariga yetkazib beriladigan tabiiy gazning bir kub metri 2700 so‘m etib belgilandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan elektr va gaz narxining oshishi aholi xarajatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatgani haqida yozgandi.

Shuningdek