21 ta yo‘nalish bo‘yicha ijodiy birlashmalar tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Prezident ijod va san’at qadrlangan jamiyatda xalqning ma’naviy immuniteti kuchli bo‘lishini ta’kidladi
21 ta yo‘nalish bo‘yicha ijodiy birlashmalar tashkil etiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekistonda jami 21 ta yo‘nalish bo‘yicha ijodiy birlashmalar tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan uchrashuvida qayd etildi.

Ushbu birlashmalarga bir tomondan ustoz ijodkorlar, ikkinchi tomondan vazirlar va kompaniya rahbarlari hamrais bo‘ladi. O‘z maktabini yaratgan san’atkorlar yoshlarga kasb sirlari va sahna madaniyatini o‘rgatadi.

Prezident ijod va san’at qadrlangan jamiyatda xalqning ma’naviy immuniteti kuchli bo‘lishini ta’kidladi. Unga ko‘ra, bitta yaxshi asar yoki ta’sirchan qo‘shiq millat ruhini ko‘tarishi mumkin. Birgina spektakl jamiyat tafakkurini uyg‘otadi. Kinodagi bitta obraz esa butun avlod qarashini o‘zgartirishi mumkin.

Shuningdek, madaniyat va san’at obyektlari joyiga borib o‘rganilgan. Davlat rahbari ushbu muloqotdan ko‘zlangan maqsadni ham aytdi. Unga ko‘ra, uchrashuv sohadagi muammolarga yechim topishga qaratilgan.

Shuningdek, adabiyot, madaniyat, san’at va kreativ iqtisodiyotda yangi muhit yaratadigan tashabbuslar boshlanadi. Sohada iste’dodlarni yuzaga chiqarish va qo‘llab-quvvatlash uchun yangi tizim joriy qilinadi.

Yoshlar ijodiga yangi nafas olib kirish uchun tanlovlar tashkil etiladi. Tanlovlar har bir ijodiy birlashma kesimida mahalla, tuman, viloyat va respublika bosqichlarida o‘tkaziladi. G‘olib va sovrindorlarni qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor qaratiladi. Ularning gastrol safarlari, festivallar va xalqaro tanlovlarda ishtirok etishiga ko‘mak beriladi.

Avvalroq «Kursiv» Bobur xotirasiga bag‘ishlangan me’moriy ansambl barpo etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek