Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun yozgi kurslar ochilishi mumkin

eʼlon qilindi
Iqtidorli yoshlar va mutaxassislar uchun
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun yozgi kurslar ochilishi mumkin
Foto: «Dunyo» AA

O‘zbekistonlik iqtidorli yoshlar va mutaxassislar uchun Germaniyada maxsus yozgi o‘quv kurslari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu masala O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari hamda xorijiy hamkorlar uchrashuvida muhokama qilindi, deya xabar berdi «Dunyo».

Tomonlar ilmiy izlanishlar, investitsiya va ta’lim sohalarida hamkorlik qilish masalalarini ko‘rib chiqdi. Shuningdek, «O‘rta koridor» xalqaro transport yo‘nalishini rivojlantirish va O‘zbekistonning tranzit markaz sifatidagi o‘rnini ilmiy o‘rganish taklif qilindi.

Sog‘liqni saqlash va «yashil» energetika yo‘nalishlarida ham qo‘shma loyihalar muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida tomonlar kelishuvlarni amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 21 ta yo‘nalish bo‘yicha ijodiy birlashmalar tashkil etilishi xabar qilingandi. Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan uchrashuvida adabiyot, madaniyat, san’at va kreativ iqtisodiyotda yangi muhit yaratadigan tashabbuslar boshlanishi ma’lum qilindi. Sohada iste’dodlarni yuzaga chiqarish va qo‘llab-quvvatlash uchun yangi tizim joriy qilinadi.

Yoshlar ijodiga yangi nafas olib kirish uchun tanlovlar tashkil etiladi. Tanlovlar har bir ijodiy birlashma kesimida mahalla, tuman, viloyat va respublika bosqichlarida o‘tkaziladi. G‘olib va sovrindorlarni qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor qaratiladi. Ularning gastrol safarlari, festivallar va xalqaro tanlovlarda ishtirok etishiga ko‘mak beriladi.

Shuningdek