Toshkentda gaz ulash jarayonida 3 ming dollarlik firibgarlik fosh etildi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Janubiy Koreyaga ishga yuborish va’dasi bilan 63 nafar fuqaroni chuv tushirganlar ushlandi
Toshkentda gaz ulash jarayonida 3 ming dollarlik firibgarlik fosh etildi / Foto: Facebook

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida gaz tarmog‘iga ulash jarayonida pora bilan bog‘liq holat fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda «Mirzo Ulug‘bektuman gaz» bo‘limi xodimi fuqaroga tegishli binoni gaz tarmog‘iga ulash va texnik shartnomaga o‘zgartirish kiritish masalasini hal qilib berishni va’da qilgani aniqlandi. Buning evaziga xodim fuqarodan $3 ming talab qilingan.

Aniqlanishicha, xodimning topshirig‘i bilan ushbu mablag‘ning $1 ming qismi boshqa fuqaro tomonidan olinayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda tekshiruvni «bosdi-bosdi» qilish evaziga pora olgan IIB xodimi ushlangan edi.

Shuningdek