Xatolarni Jahon chempionatida emas, shunday o‘rtoqlik o‘yinlarida qilgan yaxshiroq — Fabio Kannavaro

2-iyun 2026 10:04 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xatolarni Jahon chempionatida emas, shunday o‘rtoqlik o‘yinlarida qilgan yaxshiroq — Fabio Kannavaro
Foto: O‘FA

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumanida qatnashib, o‘yin va bo‘lajak Jahon chempionati haqida fikr bildirdi.

«Har qanday uchrashuvlarda albatta xatolar bo‘ladi. Xatolarni 10 kundan keyingi o‘yinlarda emas, aynan mana shunday o‘rtoqlik o‘yinlarida qilgan yaxshiroq», — dedi Kannavaro.

Shuningdek, u sovuq ob-havoga qaramay kelgan muxlislarga minnatdorchilik bildirdi. Bo‘lajak Jahon chempionati haqida to‘xtalgan murabbiy guruhdagi raqiblarning kuchini yuqori baholadi:

«Portugaliya, Kolumbiya va Kongo juda kuchli jamoalar. Ammo futbolchilarimga ham aytdim: bizda yo‘qotadigan hech narsa yo‘q. Bu mamlakatimiz tarixidagi ilk Jahon chempionati. Shuning uchun ularga faqat bitta narsani aytaman bundan zavqlaning».

Kannavaro yosh himoyachi Abduqodir Husanovning salohiyatini ham alohida qayd etib, uning ba’zan ortiqcha agressiv ekanligini va vaziyatlarni yaxshiroq o‘qishni o‘rganishi kerakligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Kanadaga mag‘lub bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek